Farg‘onada Erkin Vohidov nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internat tashkil etiladi

16:31 17 May 2018 Jamiyat
688 0

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida Erkin Vohidov nomidagi ona tili va adabiyoti fanini chuqur o‘qitishga hamda xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatni tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, Marg‘ilon shahrida 210 o‘rinli maktab-internat tashkil etiladi. 

2018-2019 o‘quv yilida maktab-internatning 5-8-sinflariga, 2019-2020 o‘quv yilidan boshlab esa 5-sinfiga 30 nafardan o‘quvchi qabul qilinadi, deyiladi Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabarida.

Mazkur maktab-internatni tashkil etishdan maqsad O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekiston Qahramoni Erkin Vohidov nomini abadiylashtirish, shoir izdoshlarini kashf etish va ularning o‘z iste’dodlarini keng namoyon qilishlari uchun shart-sharoitlar yaratishdan iboratdir.
 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?


Ko‘p o‘qilganlar

Afisha

“Hayot” filmi endi teleekranlarda. U bayram kunlari MTRK telekanallari orqali efirga uzatiladi

Osmonga koʻtarilayotgan harbiy vertolyotlar, qiruvchi samolyotlardan olingan tasvirlar, jang maydonidagi qonli muhoraba, oh-vohlar, baqir-chaqirlar... Askar snayperlik vintovkasining durbini orqali dushmanning peshonasini moʻljallamoqda. U aynan qayerga oʻq uzmoqchi ekanini ziyrak boʻlmagan tomoshabin ham darrov ilgʻashi tayin: durbinning moʻljal belgisi ekranda koʻz oʻngingizda turadi.

12 Yanvar 2019