Fargʻonada elektr energiyasi uchun asossiz qarz yozilgani maʼlum boʻldi

14:51 01 Fevral 2019 Jamiyat
604 0

Illyustrativ foto

Fargʻona viloyati Uchkoʻprik tumani isteʼmolchilar huquqini himoya qilish jamiyatiga Kichik Qashqar qishlogʻida yashovchi fuqaro Q. Qoraboyev yozma shikoyat arizasi bilan murojaat qildi.

Murojaat tuman elektr tarmoqlari korxonasi va jamiyat mutaxassislari ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasining “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi va “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi qonunlari asosida oʻrganib chiqildi.

Q. Qorabevga tegishli eski rusumdagi elektr hisoblagich 1998 yil 22 yanvarda kompyuter dasturiga kiritilganligi, isteʼmolchi eski hisoblagichni almashtirish maqsadida korxonaga ariza bilan murojaat qilganligi va hisoblagich tarmoqdan yechilib, oʻrniga yangi elektr hisoblagich oʻrnatib berilganligi, biroq bu holat korxonaning kompyuter bazasida koʻrinmay qolganligi maʼlum boʻldi.

Murojaat mutaxassislar tomonidan oʻrganib chiqilib fuqaro Q.Qoraboyevga yozilgan 9316 kVt yoki 2 129 637 soʻm qarzdorlikning oldi olindi va yangi elektr hisoblagich korxonaning kompyuter dasturiga kiritildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?