Farg‘onada Damas yuk mashinasiga to‘qnashib ketishi natijasida bir kishi vafot etdi

18:10 21 May 2018 Jamiyat
272 0
Foto: sq.com.ua

20 may kuni Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar tarqatdi.

Qayd qilinishicha, Bog‘dod tumanida yashagan I.S. o‘zining "Damas” rusumli avtomashinasini Poloson qishlog‘i markazida haydab ketayotib qarama-qarshi yo‘nalishda kelayotgan I.A. boshqaruvidagi “GAZ-3507” rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan.

Natijada “Damas” avtomashinasi haydovchisi I.S. jarohat olib kasalxonaga keltirilganida vafot etgan va ikki nafar yo‘lovchilar esa turli darajadagi jarohatlar bilan kasalxonaga yotqizilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?