Fargʻonada boʻlgan qariyb 16 ming murojaat taqdiri...

17:07 11 Iyul 2019 Jamiyat
188 0

Prezident tashabbusi bilan joriy yilning birinchi fevralidan boshlab muammolarni uyma-uy yurish orqali aniqlash va hal qilishni yangi tizimiga asosan Xalq qabulxonalari, sektorlar, davlat organlari va boshqa tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruhlar tashkil etilib, respublika hududlaridagi barcha tuman va shaharlar sektorlarida oʻrganishlar oʻtkazilmoqda.

Sayyor qabullar natijasida yuzlab fuqarolarning yillab yechimini kutayotgan muammolari hal etilmoqda. Fikrimizni Fargʻona viloyati misolida koʻradigan boʻlsak, 2019-yilning mart-iyul oylari orasida Prezident Administratsiyasi masʼul xodimlari, Bosh prokuratura, Oliy sud, Bandlik va mehnat munosabatlari, Ichki ishlar vazirliklar rahbar va oʻrinbosarlari, Bosh prokuraturasi huzuridagi MIB direktori oʻrinbosari, shuningdek, hududiy sektor rahbarlari, viloyat, shahar va tuman davlat idoralari rahbar xodimlari ishtirokida ommaviy sayyor qabullar tashkil etildi.

Sayyor qabullarda jami 15021 nafar fuqaro qabul qilindi, ulardan 15951 ta masala boʻyicha murojaat kelib tushdi.

Ushbu qabullar natijalarini sohalar kesimida qaralganda, eng koʻp murojaatlar mehnat va aholi bandligi masalalariga oid 1034 ta, uy-joy va yer ajratish masalalari boʻyicha 1089 ta, gaz, elektr va suv taʼminotini yaxshilash boʻyicha 1163 ta, moddiy yordam ajratish masalalari boʻyicha 1034 ta, kommunal toʻlovlar boʻyicha 904 ta, sogʻliqni saqlash boʻyicha 755 ta, sud-huquq masalalariga oid 684 ta, kredit ajratish masalalari 694 ta kelib tushganligini kuzatish mumkin.

Ahamiyatlisi, mazkur qabullar jarayonida muammolarning 8486 tasi (58,1%) ijobiy hal etildi. Shu bilan birgalikda, qoʻshimcha oʻrganish talab etiladigan 1459 ta (8,3%) murojaatning koʻrib chiqilishi nazoratga olindi. 6006 ta (33,6%) boʻyicha asoslantirilgan huquqiy tushuntirish berildi.

Eʼtibor bering, sayyor qabullar sabab 75 nafarga yaqin mahkum shartli ravishda boʻlsa-da, ozod etildi, uy-joyi buzilgan fuqarolarga kompensatsiya toʻlab berildi, yuzlab odamlar ishga joylashtirildi, sogʻligʻini tiklashga qiynalayotganlarga davolanishi uchun order va yoʻllanmalar ajratildi, nogironlarga aravachalar sovgʻa qilindi, 20 kilometrdan ortiq masofaga ichimlik suv quvlari yotqizildi, 50 kilometrdan ortiq yoʻl taʼmirlandi, barchasi ezgu amallar.

Fargʻona viloyatining Qoʻqon va Margʻilon shaharlarida nogironligi bor, kam taʼminlangan, ijtimoiy himoya va uy-joyga oʻta muhtoj fuqarolarga 123 xonadon kalitlari topshirildi.

Aytib, sanab oʻtilgan amallar soʻnggi toʻrt oy mobaynida amalga oshirilgan ishlarning bir qismi xolos. Hali Fargʻonada oʻz yechimini kutayotgan, viloyat rahbarlari nazoratiga olingan talay masalalar bor. Ular ham oʻz navbati bilan yechimini topilishidan umidvormiz.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?