Fargʻonada bir guruh talonchilar ushlandi

10:40 07 Sentyabr 2020 Jamiyat
227 0

2020-yilning 27-avgust kuni soat 03:40da Fargʻona viloyati Quva tuman Oʻzbekiston koʻchasiga Matiz rusumli avtomashinada kelgan nomaʼlum shaxslar 18 yoshli X.T.ning jagʻ sohasiga qoʻlining mushti bilan bir marotaba urib, X.T.ga tegishli jami narxi 2.000.000 soʻm boʻlgan 2 qop bodom mahsulotlari va Samsung Galaxy A20 rusumli uyali telefon apparatini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringan.

Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga koʻra, mazkur holat yuzasidan Quva tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan nomaʼlum shaxsga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “a” bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari natijasida mazkur jinoyatni 24 yoshli I.M., F.Gʻ., D.M. 25 yoshli N.U., 26 yoshli M.K., 22 yoshli T.Q. sodir etganligi aniqlangan, Matiz rusumli avtomashinani I.M. boshqarganligi aniqlanib, X.T.ga tegishli Samsung Galaxy A20 rusumli uyali telefon apparati ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Bundan tashqari, I.M. va uning sheriklari Fargʻona viloyatining boshqa tumanlarida shu kabi jinoyatlar sodir etganliklari aniqlangan va ularning barchasi ushlangan, hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Quva tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan I.M. shu tumanda jinoyat sodir etib ushlanganligi sababli, ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?