Farg‘onada avtoturargoh va avtobus yonib ketdi

15:33 01 Iyun 2018 Jamiyat
555 0
Illyustrativ foto

31 may kuni Farg‘ona shahrining Guliston ko‘chasida avtoturargohda yong‘in sodir bo‘lgan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd qilinishicha, yong‘in oqibatida avtoturargohning tom qismi va “Isuzu” rusumli avtobus yonib zarar ko‘rgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan. Jarohat olganlar yo‘q. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?