Fargʻonada AQSH dollarini qalbakilashtirgan shaxslar qoʻlga tushdi

14:37 10 Aprel 2019 Jamiyat
268 0

Illyustrativ foto

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Fargʻona viloyati boshqarmasi va IIB xodimlari bilan hamkorlikda bank tomonidan berilgan xabarga asosan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazildi. Unda ATB “Agrobank” Oltiariq filiali valyuta ayirboshlash shoxobchasiga fuqaro X.X. tomonidan almashtirish uchun taqdim etilgan 200 AQSH dollari qalbaki ekanligi aniqlangan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Tekshirish jarayonida fuqaro X.X.da qalbaki 50 dollarlik kupyuralardan iborat 100 dona, jami 5000 AQSH dollari mavjudligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan, shuningdek, X.X. ushbu qalbaki dollarlarni fuqaro X.T.dan olganligini maʼlum qilgan.

Oʻtkazilgan ekspertiza xulosasiga koʻra, ushbu qalbaki AQSH dollarlari kompyuter vositasida rangli printer yordamida tayyorlanganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 176-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirda tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?