Fargʻonada 11 farzandning onasiga nega “Jentra” sovgʻa qilindi?

12:54 15 Sentyabr 2020 Jamiyat
494 0

Prezidentimizning joriy yil 5-6-iyun kunlari Fargʻona viloyatiga amalga oshirgan tashrifi chogʻida qir-adirlarda foydalanilmay yotgan 30 ming gektar yerni oʻzlashtirish rejalashtirilgan edi.

Ayni kunlarda tadbirkor Moʻminjon Yoʻldoshevlar oilasi tashabbusi bilan Quva tumani qir-adirlaridagi 1000 gektar yerlarni oʻzlashtirish orqali klaster usulida qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish boʻyicha izchil saʼy-harakatlar olib borilmoqda.

Fargʻona tumanidagi qir-adirlarda mevazor bogʻlar yaratib, paxta va gʻallazorlar uchun yangi yerlar ochgan oila aʼzolari Quvada 550 gektarda paxta, 200 gektarda intensiv bogʻ, 200 gektarda poliz ekinlari ekish hamda 50 gektarda zamonaviy issiqxona qurishni maqsad qilgan.

Fargʻona viloyati hokimligi ezgu tashabbusni ragʻbatlantirish maqsadida oʻn bir farzandning onasi Saodatxon aya Yoʻldoshevani "Lasetti-Jentra" avtomashinasi bilan taqdirladi.

B.Madiyorov
(“Xalq soʻzi”)

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?