Farg‘ona viloyatining 5ta tumanida IIBning yangi boshliqlari tayinlandi

17:46 17 Iyul 2018 Jamiyat
330 0
Illyustrativ foto / “Xalq so‘zi”

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hududiy tizimlarida rahbarlik lavozimlariga tayinlovlar amalga oshirildi.

Bu haqda O‘zbekiston IIV rasmiy saytida xabar qilingan.

Jumladan, Farg‘ona viloyatining 5 tumani va bir shahrida yangi IIB boshliqlari tayinlangan.

Podpolkovnik Ilhomjon Imomaliyevich Sotvoldiyev Qo‘qon shahri IIB boshlig‘i lavozimini egallagan. Bu lavozimda 2017 yil aprelidan buyon ishlab kelgan podpolkovnik Ziyohiddin Nematjonovich G‘ofurov viloyatning Rishton tumani IIB boshlig‘i lavozimiga ishga o‘tgan. Shu yilning mayida Rishton tumani IIB boshlig‘i sifatida ish boshlagan Shuhrat Azimovich Mo‘minovning keyingi faoliyati haqida ma’lum emas.

Podpolkovnik Baxtiyor Rahimovich Najimitdinov Beshariq tumani IIB boshlig‘i lavozimida ish boshladi. U bu lavozimda 2017 yil fevralidan buyon ishlab kelgan podpolkovnik Ilhomjon Sotvoldiyev o‘rnini egalladi.

2017 yil mayidan 2018 yil 13 iyuniga qadar Furqat tumani IIB boshlig‘i bo‘lgan polkovnik Shavkatjon Odilov Ibragimovich o‘rniga podpolkovnik Bahodir Abdimannonovich Kolonov tayinlandi.

2017 yil fevralida Dang‘ara tumani IIB boshlig‘i etib tayinlangan, 2018 yil 13 iyunida ishdan olingan podpolkovnik Rustamjon Tojiyev o‘rniga mayor Sherzodjon Zokirovich Ahmedov tasdiqlangan.

Mayor Akmaljon Rahmatovich Sotvoldiyev Bog‘dod tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlangan. U bu lavozimda mayor A. G‘ofurov o‘rnini egallagan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?