Fargʻona viloyati Oʻzbekiston tumani Maktabgacha taʼlim boʻlimining 2017-2018 oʻquv yilida amalga oshirilgan ishlar hisoboti

17:51 26 Oktyabr 2018 Jamiyat
1616 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 29 dekabrdagi “2017-2021 yillarda maktabgacha taʼlim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2707-sonli, 2017 yil9 sentyabrdagi “Maktabgacha taʼlim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3261-sonli, 2017 yil 30 sentyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-3305-sonli, 2017 yil 30 sentyabrdagi “Maktabgacha taʼlim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5198-sonli qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 19 iyuldagi “Maktabgacha taʼlim muassasalarining faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 528-sonli qarorlari ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston tumani hokimining 2017 yil 23 noyabrdagi 1773/1-sonli “Tumanda maktabgacha taʼlim boʻlimini tashkil etish va boʻlim nizomini davlat roʻyhatidan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qarori chiqarildi. Qarorga asosan 2017 yil 28 noyabr kuni Oʻzbekiston tumani “Yagona darcha markazi” tomonidan Oʻzbekiston tumani maktabgacha taʼlim boʻlimiga № 556245-son bilan “Yuridik shaxs (tadbirkorlik subyektlari) davlat roʻyhatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma” berildi. Boʻlimning tuman hokimi va “Yagona darcha markazi” tomonidan tasdiqlangan “Oʻzbekiston tumani maktabgacha taʼlim boʻlimi Nizomi” ishlab chiqildi.

Oʻzbekiston tumani Maktabgacha taʼlim boʻlimi tasarrufidagi Davlat maktabgacha taʼlim muassasalari haqida MAʼLUMOT

Maktabgacha taʼlim muassasalariga 3-7 yoshli bolalarni qamrab olish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar:

2017 yilda46 ta maktabgacha taʼlim muassasasi mavjud boʻlgan,

2018 yilning oktyabr holatiga esa davlat maktabgacha taʼlim muassasalari soni 59 taga yetgan.

Maktabgacha taʼlim yoshdagi 3-7 yoshli bolalar:

-2017 yilda 19968 nafar boʻlib, shundan 222 ta guruhda 4903 nafar bolalar (24,5%) qamrab olinganhamda 15065 nafari (75,4%) qamralmagan boʻlsa,

-2018 yilning oktyabr holatiga 3-7 yoshli bolalar 20200 nafarni tashkil etgan boʻlib, 297 ta guruhda jami 7288 nafar bolalar (36%) qamrab olingan. Shundan 12912 nafar (64%) bolalar qamrab olinmagan.

Tumandagi 59 ta Davlat maktabgacha taʼlim muassasalarining rejadagi quvvati 7275 oʻrinli boʻlib, bugungi kunda muassasalarning quvvatidan foydalanish darajasi 98 % tashkil etadi.

2018 yilning oktyabr holatiga 3777 nafar fuqarolardan MTM larga yoʻllanma berish boʻyicha arizalar kelib tushgan boʻlib, Shundan711 nafar bolalar MTM larga yoʻllanma asosida joylashtirilib, 3050 nafari navbatga qoʻyildi, 16 ta ariza bekor qilindi.

Oʻzbekiston tumani Maktabgacha taʼlim boʻlimi tasarrufidagi Nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalari haqida maʼlumot

2017 yildanodavlat maktabgacha taʼlim muassasalari faoliyat yuritmagan boʻlsa,

2018 yilning oktyabr holatiga 1 ta nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasi faoliyat koʻrsatmoqda. Nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasida 50 nafar bolalar qamarab olingan

Oʻzbekiston tumani Maktabgacha taʼlim boʻlimi tasarrufidagi Oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalari haqida maʼlumot

2017 yildaOilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalari faoliyat yuritmagan boʻlsa,

2018 yil oktyabr xolatiga 8 ta Oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalari faoliyatkoʻrsatmoqda. Oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalariga 200 nafar bolalar qamrab olingan.

Pedagogkadrlar bilan taʼminlanishi

kadrlar boʻlib, shundan 78 nafari (19,6%) oliy maʼlumotli, 318 nafari(80,3%) oʻrta maxsus maʼlumotli kadrlarni tashkil etgan boʻlsa,

2018 yil iyun holatiga508 nafar pedagog kadrlar boʻlib, shundan 178 nafari (35,0%) oliy maʼlumotli, 330 nafari (64,9%) oʻrta maxsus maʼlumotli pedagog kadrlarni tashkil qiladi.

Maktabgacha taʼlim muassasalarini oliy maʼlumotli pedagog kadrlar bilan taʼminlash maqsadida yanvar-iyun oylari davomida 44 nafar pedagog kadrlarni kasbiy qayta tayyorlov koʻrslarida oʻqitish ishlari yoʻlga qoʻyilgan. Jumladan, tarbiyachilik yoʻnalishida 39 nafar, defektologiyada 4 nafar, amaliy psixologiya 1 nafar kadrlar maktabgacha taʼlim yoʻnalishi boʻyicha taxsil oldilar. Ulardannafari ishga joylandi. Pedagog kadrlarning 28 nafari hamda 17 nafar hamshiralar reja asosida soha yoʻnalishlari boʻyicha oliy taʼlim muassasalarining malaka oshirish kurslarida oʻqitildi.

Qisqa muddatli guruhlar faoliyati

Maktabgacha taʼlim muassasalariga qamralmagan 5-6 yoshli bolalarni 2018 yil iyun holatiga 20 ta guruhda 455 nafari qisqa muddatli guruhlarga qamrab olindi.

2018 yil 26 aprel kuni “Maktabgacha taʼlim muassasalarida qisqa muddatli guruhlar faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 29-sonli buyrugʻi chiqarilib, mazkur buyruq bilan Qisqa muddatli guruhlar faoliyatini tashkil etish ketma-ketligi boʻyicha taqdimot materiallari, Nizom hamda tarqatmalar barcha maktabgacha taʼlim muassasalariga yetkazildi.

Oʻzbekiston tumanimaktabgacha taʼlim boʻlimi tomonidan 2018 yil 22 may kuni 24-maktabgacha taʼlim muassasasida “Qisqa muddatli guruhlarda ish yuritish hujjatlari va taʼlim-tarbiya jarayonini toʻgʻri tashkil etish” mavzusida maktabgacha taʼlim muassasalaripedagog xodimlari uchun oʻquv seminari tashkil etildi.

Tumandagi toʻliq quvvatda ishlamayotgan maktabgacha taʼlim muassasalaridatuman hokimining 2018 yil 28 fevral kungi 406-sonli, 2018 yil 4 apreldgi 675-sonli, 2018 yil 12 iyundagi 1308-sonli qarorlariga asosan qoʻshimcha kuni uzaytirilgan guruhlar va qisqa muddatli guruhlar hamdanodavlat maktabgacha taʼlim muassasalari tashkil etilganligi hisobiga qamrov koʻrsatkichlarini oshirilishiga erishildi.

Davlat maktabgacha taʼlim muassasalarining filiallari

Tumandagi davlat maktabgacha taʼlim muassasalarining 17 ta filiallarni13 tasiga (76,4%) mustaqil davlat maktabgacha taʼlim muassasasi sifatida yuridik maqom berilishi belgilangan. Shundan: 13 tasiga tuman hokimining 2018 yil 28 fevraldagi 413-sonli, 2018 yil 10 apreldagi 675-sonli qarorlari chiqarilib, davlat roʻyhatidan oʻtkazilgan.3 ta filiallar nodavlat va davlat xususiy-sherikchilik asosidagi maktabgacha taʼlim muassasalariga berildi, joriy yilning oktyabr oyiga qadar 13 ta yuridik maqom berilgan maktabgacha taʼlim muassasalari faoliyati yoʻlga qoʻyildi

Jismoniy va ruhiy rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan Davlat maktabgacha taʼlim muassasalari

Tumanda jismoniy va ruhiy rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan koʻp tarmoqli 1 ta davlat maktabgacha taʼlim muassasasi mavjud.

2017 yilda ushbu maktabgacha taʼlim muassasaning 6 ta guruhida 80 nafar bolalar reabilitatsiya qilingan.

2018 yilning iyun holatiga ushbu maktabgacha taʼlim muassasaning7 ta guruhida 110 nafar bolalar sogʻlomlashtirilmoqda.

2018 yil investitsiya dasturi boʻyicha amalga oshirilgan ishlar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 iyul PQ-3822 sonli qarori bilan tasdiqlangan investitsiya dasturi asosida 2 ta, 9-10 maktabgacha taʼlim muassasalari rekonstruksiya qilinishi belgilangan.

9-sonli maktabgacha taʼlim muassasasiga 4.100.mln. soʻm ,10-sonlimaktabgacha taʼlim muassasasiga 1609.7mln. soʻm mablagʻlar ajratilgan. Obyektlarda bajarilishi lozim boʻlgan taʼmirlash ishlarini amalga oshirish boʻyicha viloyat “Yagona buyurtmachi xizmati” IK loyiha-smeta hujjatlari shakllantirildi va Davlat-ekspertizasidan oʻtkazilib, qurilish-taʼmirlash ishlari boshlangan.

Obod qishloq dasturi boʻyicha amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida

MAʼLUMOT

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29 martdagi “Obod qishloq dasturini 2018 yilda amalga oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3630-sonli qaroriga muvofiq Viloyat hokimining 2018 yil 2 apreldagi 160-sonli qarori tasdiqlandi.

Tasdiqlangan qarorga muvofiq “Obod qishloq” dasturining

2018 yilda amalga oshiriladigan ishlar rejasiga tuman hududida joylashgan 2 ta qishloqlar (Yakkatut, Qaqir) tanlab olinib, obodonlashtirish va qurilish-taʼmirlash ishlari boshlangan. Jumladan 34-sonli maktabgacha taʼlim muassasasiga 520.0mln soʻm ajrtilgan. Xozirgi kunda mazkur muassasada zaxira ombori, xojatxona kurilmoqda. Barcha eshik va romlar alyumin profil eshik romlarga almashtirilmoqda.

2018-2019 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha

MAʼLUMOT

Shu bilan bir qatorda 2018 yil mahalliy byudjet hisobidan joriy taʼmirlash ishlarini olib borish uchun muassasalar hatlovdan oʻtkazilib, 2018-2019 yillar kuz-qish mavsumida bajariladigan ishlar rejasini shakllantirildi. Bunga koʻra, 2018-2019 yil kuz-qish mavsumi uchun jami 911,0 tonna (shundan: 671 tonna qoʻmir va 240 tonna briket) qoʻmir yoqilgʻisi jamgʻarilishi rejalashtirildi va yetkazib berish ishlari boshlandi.

Mavsumga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha 26 ta (shundan: 14 ta mukammal va 12 ta joriy) maktabgacha taʼlim muassasalarida taʼmirlash ishlari olib borilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, rejaga koʻra 9 ta muassasalardagi 12 ta isitish qozonlarini almashtirish koʻzda tutilgan.

Bundan tashqari300 p.m ichki issiqlik tizimi, 1140 m2 tom qismini taʼmirlash, 265 m2 singan oynalarni almashtirish, 80 p.m issiqlik trassalarini izolyatsiya qilish ishlari rejalashtirilgan boʻlib, ushbu ishlar uchun jami mahalliy byudjet hisobidan 492 mln.soʻm mablagʻ sarflanishi koʻzda tutilmoqda.

Taʼlim sifati va samaradorligini oshirish boʻyichaoʻtkazilgan oʻquv-amaliy seminarlar

Oʻzbekiston tuman Maktabgacha taʼlim boʻlimi ish rejasi asosida 7 yoʻnalishdagi metodik uyushmalar pedagoglarga ilgʻor xorijiy tajriba va zamonaviy texnalogiyalarni joriy etish, soxani yangi bosqichga koʻtarishda amaliy yordam sifatida oʻquv-amaliy seminarlar tashkil etildi. Jumladan, Oʻzbekiston tumani maktabgacha taʼlim boʻlimining 2018 yil 26 yanvardagi “Zamonaviy taʼlim muassasasi tashkil etish toʻgʻrisida”gi M-6-sonli buyrugʻiga asosan “Zamonaviy taʼlim muassasasi”ning ish rejasi tuzilgan. Ish rejaga asosan 2018 yil 26 yanvar kuni “Zamonaviy taʼlim muassasasi tashkil etishning muaammo va yechimlari”, 2018 yil 23 fevral kuni “Zamonaviy taʼlim muassasasini jihozlash va moddiy-texnika taʼminotini mustahkamlash”,2018 yil 30 mart kuni “Zamonaviy taʼlim muassasasi faoliyatini takomillashtirishda va taʼlim-tarbiya sifatini oshirishda ilgʻor xorijiy tajriba hamda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish”, 2018 yil 25 aprel kuni “Zamonaviy taʼlim muassasasi faoliyatini modernizatsiyalashda pedagogkasbiy kompitentligini taʼminlash” 2018 yil 25 may kuni “Zamonaviy taʼlim muassasasi tashkil etishda rahbarning boshqaruv salohiyati, tadbirkorlik madaniyati va kasbiy kompitentligi” mavzularidamaktabgacha taʼlim muassasalari mudiralari uchun oʻquvlar oʻtkazildi.

Tuman maktabgacha taʼlim boʻlimining 2018 yil 26 yanvar kungi “Metodist-tarbiyachi muassasasi tashkil etish toʻgʻrisida”gi M-5-sonli buyrugʻiga asosan “Metodist-tarbiyachi taʼlim muassasasi”ningish rejasi tuzilib, reja boʻyicha 2018 yil 27 yanvar kuni “Metodist-tarbiyachi taʼlim muassasasi faoliyatini tashkil etishning afzalliklari”,2018 yil 24 fevral kuni “Maktabgacha taʼlim muassasalarida taʼlim-tarbiya jarayonini rejalashtirish”, 2018 yil 31 mart kuni “Pedagoglarning kasbiy maxoratini oshirishda pedagogik texnologiyalarning oʻrni va taʼlim jarayoniga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish”, 2018 yil 28 aprel “Pedagogik va metodik kengash – pedagogik jarayonlarni tashkil etishning samarali vositasi”, 2018 yil 26 may kuni “Maktabgacha taʼlimga qoʻyiladigan Davlat talablarini bajarilishida pedagogik jamoaning oʻrni” mavzularida maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyalari uchun oʻquvlar tashkil etildi. Bundan tashqari 2018 yil 1 mart kuni viloyat sanitariya-epidemiologiya boshqarmasi, tuman snitariya-epidemiologiya nazorat markazi hamda tuman maktabgacha taʼlim boʻlimi bilan hamkorlikda 23-Bolalar musiqa va sanʼat maktabida “Havfsiz va sogʻlom ovqatlantirish” mavzusida seminar tashkil etilidi. 2018 yil 24 mart kuni Fargʻona viloyati pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti, xalq taʼlimi boshqarmasi, maktabgacha taʼlim boshqarmasi hamkorligida “Oʻqitishning zamonaviy usullari, innovatsion taʼlim texnologiyalaridan samarali foydalanish” mavzusida “Fanlar festivali” tashkil etildi.

Festivalda “Qoʻl mehnati koʻrgamalari” tanlovida Oʻzbekiston tumani 3-maktabgacha taʼlim muassasasi jamoasi gʻolib deb topildi. “Eng yaxshi mashgʻulot” tanlovida 3-maktabgacha taʼlim muassasasi tarbiyachisi Nazoratxon Saidova hamda 21-maktabgacha taʼlim muassasasi tarbiyachisi Muborakxon Xolmatovalarning mashgʻulotlari “namunali” deb topildi hamda gʻoliblar Fargʻona viloyati pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining “Faxriy yorligʻi” bilan taqdirlandilar. 2018 yil 28 mart kuni tumandagi 8-maktabgacha taʼlim muassasasida “MTMda bolalarni sogʻlom ovqatlantirish va meʼyoriy hujjatlarni yuritish” mavzusida xamshirlar uchun oʻquv-seminar oʻtkazildi. 2018 yil 29 mart kuni tumandagi 27-maktabgacha taʼlim muassasasida “Jismoniy tarbiya mashgʻulotlarini dastur asosida rejalashtirishda zamonaviy texnologiyalarni inobatga olish” mavzusida jismoniy tarbiya yoʻriqchilari uchun amaliy seminaroʻtkazildi. 2018 yil 6 aprel kuni 4-maktabgacha taʼlim muassasasida “Musiqa mashgʻulotlarini “Bolajon” dasturi asosida rejalashtirish hamda musiqa rahbarining ish hujjatlarini yuritilishi” mavzusida musiqa rahbarlari uchun seminar oʻtkazildi.

Maktabgacha taʼlim boʻlimining 2018 yil 12 apreldagi 24/1-sonli buyrugʻi bilan boʻlimi huzurida “Metodik Uyushmalar” tashkil etilib uyushmaning ish rejasi ishlab chiqildi.

Taʼlim sifati va samaradorligini oshirish boʻyichaoʻtkazilgan koʻrik-tanlovlar haqida

MAʼLUMOT

3-sonlt maktabgacha taʼlim muassasasi tarbiyachisi Raximova Yulduzxon “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” koʻrik tanlovi viloyat bosqichida faxrli 1- oʻrinni egallab, respublika bosqichida faol ishtirok etdi .

20-sonli maktabgacha taʼlim muassasasi oshpazi Parpiyeva Maqsudaxon “Yilning eng yaxshi oshpazi” koʻrik tanlovining tuman bosqichida faxrli 1-oʻrinni egallab, viloyat bosqichida “eng zukko oshpaz” nominatsiyasini qoʻlga kiritdi.

22-sonli maktabgcha taʼlim muassasasi oshxonasi “Yilning eng yaxshi oshxonasi ” koʻrik tanlovida faxrli 1-oʻrinni egallab, viloyat bosqichida faol ishtirok etdi.

2018 yil 14 iyul kuni tuman xokimligi, tuman sport qoʻmitasixamkorligida ayolxodimlar oʻrtasida tashkil etilgan sport musobaqasida maktabgacha taʼlim tizimi xodimlari umumjamoa xisobida 2ta 1-oʻrin , 1ta 2- oʻrin1ta 3-oʻrinni egalladilar. Jumladan:

-stol tennisi Maktabgachataʼlim boʻlmim mutaxasisi Sh.Akbarova 1-oʻrin,

- dars 2-MTM sportyoʻriqchisi S.Mamajonova 1-oʻrin

-shashka 15-MTM uslubchisi M.Nabiyeva2-oʻrin

-basketbol toʻriga toʻp tashlash – 30-MTM tarbiyachisi D.Mamajonova 3-oʻrinlarni egalladilar.

Markazlashgan moliya-buxgalteriya xizmatlari Moliya-iqtisod boʻlimining 2018 yil 1-yarim yillik yakunlari va xarajatlar smetasining ijrosi toʻgʻrisida

HISOBOT

Oʻzbekiston tumani Maktabgacha taʼlim boʻlimining 2018 yil uchun xarajatlar smetasi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 14.11.2014 yildagi 74-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014 yil 15 dekabrda 2634-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan “Byudjet tashkilotlari va byudjet mablagʻlari oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi NIZOM” ga asosan tuman moliya boʻlimi tomonidan taqdim qilingan byudjet doirasida tuzildi va roʻyxatdan oʻtkazildi. Bunga asosan 2018 yil xarajatlar smetasi 7091 100 251 boʻlim boʻyicha 14 599.8 mln soʻmni, 7098 602 251 boʻlim boʻyicha 718 mln soʻmni tashkil qildi.

Jumladan 7091 100 251 boʻlim (MTM) boʻyicha:

1. 1-gurux xarajatlari “Ish xaki va unga tenglashtirilgan toʻlovlar”ga – 9 679.2 mln soʻm;

2. 2-gurux xarajatlari “Ish xakiga qoʻshimchalar”ga – 2 399.6 mln soʻm;

3. 4-gurux xarajatlari “Boshqa xarajatlar”ga – 2 520.9 mln soʻm mablagʻ rejalashtirildi.

MTMlardagi guruxlar soni haqida MAʼLUMOT

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 29 dekabrdagi PQ-2707-sonli “2017-2021 yillarda maktabgacha taʼlim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori, 2017 yil 30 sentyabrdagi PF-5198-sonli “Maktabgacha taʼlim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 19 iyuldagi 528-sonli ”Maktabgacha taʼlim muassasalarining faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini bajarish maqsadida tumandagi mavjud davlat maktabgacha taʼlim muassasalarida qoʻshimcha guruxlar tashkil etish koʻzda tutilgan edi. Shunga asosan tuman xokimi nomiga qilingan bir necha murojaatlar asnosida 73 ta bogʻcha va qisqa guruxlar ochildi. Shuningdek 13 ta yoʻldosh bogʻchaga yuridik maqom berilib mustaqil MTMlar soni 46 tadan 59 taga yetkazildi.

MTMlardagi tarbiyalanuvchilar haqida

MAʼLUMOT

1 yanvar xolatiga – 224 ta gurux va 4903ta tarbiyalanuvchi,

1 mart xolatiga – 279 ta gurux va 6265ta tarbiyalanuvchi,

1 aprel xolatiga – 279 ta gurux va 6815ta tarbiyalanuvchi,

1 may xolatiga – 290 ta gurux va 7161ta tarbiyalanuvchi,

1 iyun xolatiga – 297ta gurux va 7120ta tarbiyalanuvchini tashkil qildi.

Yil boshiga nisbatan oʻsish gurux soniga nisbatan 73 tani, tarbiyalanuvchi soniga nisbatan 2217 tani tashkil etdi.

2018 yil ikkinchi yarim yilligi boʻyicha xarajatlar smetasida 1 va 4 gurux xarajatlari boʻyicha yana 3 700.0 mln soʻm qoʻshimcha mablagʻ rejalashtirilishi nazarda tutilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?