Fargʻona viloyati arxiv ishi boshqarmasi rahbari oʻz xodimlarini uyida loy bosishga majburlaganmi?

16:24 20 Avgust 2019 Jamiyat
158 0

Illyustrativ foto

Ijtimoiy tarmoqlarda Fargʻona viloyati arxiv ishi boshqarmasi rahbari qoʻl ostidagi xodimlarni uyida loy bosishga majburlanishi haqidagi xabar “Oʻzarxiv” agentligi tomonidan Ishchi guruh tuzilib, joyiga chiqqan holda oʻrganib chiqildi.

Oʻrganish jarayonida 2019-yil 16-iyulda soat 6.00 dan 8.40 lar oraligʻida jami 12 nafar xodim oʻz ixtiyori bilan hasharda ishtirok etganligi aniqlandi.

Hasharda ishtirok etgan xodimlarning har biri bilan, shuningdek davlat arxivlarining boshqa xodimlari bilan yakkama-yakka suhbatlar oʻtkazildi.

Garchand hasharda ishtirok etgan xodimlar tomonidan hashar oʻtkazilayotganligini eshitib, oʻz ixtiyori bilan boshqarma boshligʻi Yu.Kamolovning xonadoniga ishdan tashqari vaqtda borganligini, ularni hech kim majburlamaganligini, ishdan boʻshatish boʻyicha tahdidlar qilinmaganligini, ular tomonidan biror tashkilotga ogʻzaki yoki yozma ravishda shikoyat qilinmaganligi maʼlum qilingan boʻlsa-da, Fargʻona viloyati arxiv ishi boshqarmasi boshligʻi Yu.Kamolovga nisbatan rahbarlik etikasi va odob-axloq qoidalari talablariga rioya etmaganligi, xodimlar oʻrtasida sogʻlom muhitni yarata olmaganligi sababli “XAYFSAN” eʼlon qilindi hamda lavozimga loyiqlik masalasini koʻrib chiqish belgilandi.

“Oʻzarxiv” agentligi majburiy mehnatning har qanday turini qoralaydi hamda unga doimo qarshi turishini maʼlum qiladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?