“Fargʻona tong otguncha”, “Oʻrtar”, "Mustahzod", “Tanovar”larni kim kuylaydi?!

09:58 23 Sentyabr 2020 Madaniyat
332 0

Oʻzbekiston bulbuli Tavakkal Qodirov, Rasul qori Mamadaliyev, Murodjon Ahmedovlar betakror qoʻshiqlari bilan Fargʻona maqom maktabi anʼanalarini zamonaviy mezonlar asosida rivojlanishiga katta hissa qoʻshgan edilar.

Fargʻonada tashkil etilgan maqom maktabi milliy qadriyatlarimizga hamohang ushbu sanʼat turini izchil davom ettiruvchi yangi avlodni tarbiyalashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir. Bu yil umumtaʼlim maktablarining 5,6-sinflarini tamomlagan oʻgʻil-qizlar maqom xonandaligi va sozandaligi yoʻnalishlariga tanlov asosida oʻqishga qabul qilindi.

Ixtisoslashgan maqom maktabi direktori Nigora Baratovaning qayd etishicha, yangi oʻquv binosi, oshxona va 150 oʻrinli yotoqxona qurilishi davom etayotgan sanʼat koshonasida “Oʻzbek milliy maqom sanʼati markazi” hamda maqom ansambli tashkil etish ham rejalashtirilgan.

B. Madiyorov,
“Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?