“Fargʻona neftni qayta ishlash zavodi” xorijiy investorga sotiladi

11:47 11 Aprel 2019 Iqtisodiyot
790 0

Fargʻona neftni qayta ishlash zavodini toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy ivestitsiyalarni jalb qilgan holda modernizatsiya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Prezident qarori (PQ-4275, 10.04.2019 y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, “Fargʻona neftni qayta ishlash zavodi” MCHJning ustav kapitalidagi “Oʻzbekneftmahsulot” AJning 100 foiz ulushi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga berildi.

Fargʻona neftni qayta ishlash zavodi “PT Trans Asia Resources” (Indoneziya) xorijiy kompaniyasining investitsiyalarini jalb etgan holda modernizatsiya qilinadi.

“PT Trans Asia Resources” kompaniyasi zavodni modernizatsiya qilib, toʻliq ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyganidan soʻng, keyinchalik foydalanish uchun yetakchi xalqaro kompaniyalardan iborat konsorsium tashkil etiladi.

Keyinchalik zavodning ustav kapitalidagi davlat ulushi Hukumat shartlari asosida “PT Trans Asia Resources” kompaniyasiga sotiladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?