Farangiz Rejametova halok bo‘lgan piyodalar o‘tish joyi oldidagi yerosti yo‘liga radarlar o‘rnatildi

17:52 25 Iyul 2018 Jamiyat
1920 0

Toshkentning markaziy ko‘chalaridan birida yana 4 ta radar ishga tushirildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi ma’lumot berdi.

Avtomobillar tezligini qayd qilish qurilmasi “Abdulla Qodiriy” ko‘chasidagi yo‘l o‘tkazgichlarining (most) kirish va chiqish qismlariga o‘rnatilgan.

“Shaharda radarlarni ko‘paytirishdan maqsad yo‘l transporti hodisalarini kamaytirish hamda haydovchilarni tartibga chaqirishdir. Ko‘pincha haydovchilar tunnelda belgilangan tezlikdan yuqori ko‘rsatkichda harakatlanadilar. Bu ularning hayoti uchun xavfli hisoblanadi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 20 iyul kuni soat taxminan 21:15da Mercedes-Benz rusumli avtomobil aynan shu yo‘l o‘tkazgich joylashgan Abdulla Qodiriy va Mahatma Gandi ko‘chalari kesishmasi oldidagi piyodalar o‘tish joyida aktrisa Farangiz Rejametovani urib yuborgan edi. Hodisa oqibatida 25 yoshli aktrisa shifoxonaga yetmay, yo‘lda vafot etgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?