Faxriylar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati start oldi

15:23 04 Oktyabr 2019 Sport
149 0

Foto: Hakim Yo'ldoshev / "Xalq so'zi"

Joriy yilning 4-12-oktyabr kunlari Toshkent shahrida joylashgan Xalqaro Shaxmat akademiyasi binosida shaxmat boʻyicha “Faxriylar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati” start oldi. Ushbu chempionat Oʻzbekiston Shaxmat federatsiyasi tomonidan tashkil qilinmoqda.

Mazkur chempionat Xalqaro Shaxmat akademiyasi binosida oʻtkaziladi. “Faxriylar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati”da respublikamizning barcha hududidan 48 ishtirokchi qatnashishmoqda.

Oʻzbekiston Shaxmat federatsiyasi matbuot xizmatining xabariga koʻra, kalendar reja boʻyicha ushbu musobaqa yoz oyida oʻtkazilishi kerak edi, ammo koʻpgina faxriy shaxmatchilarning iltimosiga binoan turnir salqin mavsum yaʼni kuz oyiga koʻchirildi.

Musobaqada elektron soatlardan foydalanilmoqda. 9 turdan iborat bu bahs, 12-oktyabr kuni oʻz nihoyasiga yetadi. Sovrinli 3 oʻrindan tashqari yana 10 ga yaqin shaxmatchi mukofotlanishi rejalashtirilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?