Faxriy unvonlarga ega sportchilar hokim maslahatchilari boʻladi

10:24 02 Oktyabr 2019 Sport
113 0

Andijon viloyatida yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga jalb qilish tizimini takomillashtirish hamda sport inshootlari quvvatidan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Qarorga muvofiq, “Xalqaro toifadagi Oʻzbekiston sport ustasi” unvoniga, “Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sport ustozi”, “Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sportchi” faxriy unvonlariga ega boʻlgan sportchilar, Olimpiya va Osiyo oʻyinlari, jahon chempionati, Oʻzbekiston chempionati sovrindorlari Andijon viloyati tuman (shahar) hokimlariga jamoatchilik asosida jismoniy tarbiya va sport masalalari boʻyicha maslahatchi etib biriktiriladi.

Shuningdek, jismoniy tarbiya va sport yoʻnalishi mavjud oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalari bitiruvchilarining mazkur qarorda belgilangan oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalarida pedagogik amaliyot oʻtashi tashkil etiladi.

2020/2021 oʻquv yilidan boshlab Andijon davlat universitetining sirtqi boʻlimida “Sport faoliyati” taʼlim yoʻnalishi boʻyicha kadrlar tayyorlanadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?