Facebook o‘z tarixidagi navbatdagi “rekord”ga yaqin turibdi

17:35 26 Iyul 2018 Dunyo
297 0
Foto: RTE

Facebook o‘z tarixida qator rekordlarni qayd etgan, endi yana biriga yaqin turibdi, deb yozadi Bloomberg.

KechaNASDAQ birjasida asosiy sessiya yopilgandan so‘ng Facebook aksiyalari qiymati 24 foiz arzonlashib ketdi. Kompaniya qariyb o‘z bozor qiymatidan 151 mlrd. dollar yo‘qotdi. Agar bugun birja savdolari ochilgandan keyin ham uning qimmatbaho qog‘ozlari narxi tushishda davom etsa, bu Amerika kompaniyalari tarixidagi kapitallashuvning eng yirik pasayishiga aylanishi mumkin.

Hozirgacha bunday “natija” Intelga tegishli bo‘lib turibdi. Ushbu kompaniya 2000 yilda bir kunda 91 mlrd. dollaridan mosuvo bo‘lgandi.

Kompaniya aksiyalari choraklik hisoboti e’lon qilingandan so‘ng tusha boshladi. Bu investorlarni ham hayron qoldirdi. Sababi o‘sish sezilarli darajada sekinlashgan bo‘lsa-da, daromadlar hech qayerga yo‘qolib qolmagandi. Bu o‘z navbatida Sukerbergning xazinasi bir kunda 17 mlrd. dollar ozayganini ham anglatadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?