“Ezidyor” to‘yxonasiga egasiga “Versal” berilmaydigan bo‘ldi

13:28 18 Iyun 2018 Jamiyat
974 0

Biroz oldin “Tashkent city” qurilishi rejalashtirilgan hududda joylashgan “Ezidyor” to‘yxonasi buzilishi munosabati bilan uning egasiga Toshkent shahar hokimiyati tomonidan “Versal” to‘yxonasi berilishi haqida xabar tarqatgan edik.

Ammo bu xabar asossiz bo‘lib chiqdi.

Xabar.uz mazkur masalaga oydinlik kiritish maqsadida Toshkent shahar hokimligi bilan bog‘langan. U yerdan ma’lum qilishlaricha, hozir “Tashkent city” quriladigan hudud atrofidagi barcha binolar o‘z egalarining roziligi olingan holda buzib tashlanmoqda.

Shuningdek, hokimlikdan “Ezidyor” to‘yxonasi egasiga “Versal” to‘yxonasi berilishi haqidagi xabarlar yolg‘on ma’lum qilingan. Gap shundaki, “Ezidyor” egasiga “Versal” emas, “Sayohat” restorani topshiriladi.

Shuningdek, “Ezidyor” to‘yxonasi atrofidagi buzilayotgan obyektlar egalariga Toshkent shahri, Taraqqiyot ko‘chasi bo‘yidan 1-1,5 gektargacha yer berilishi ham ma’lum qilindi.

Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tamiz, 2018 yil 17 iyun kuni “Ezidyor” to‘yxonasini buzish ishlari boshlandi


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?