Yevropada iyun oyidagi rekord jazirama qayd etildi

10:33 02 Iyul 2019 Dunyo
260 0

Illyustrativ foto

Oʻtgan hafta oʻrtalarida Germaniya, Polsha va Chexiyada chorshanba kuni iyun oyidagi eng issiq harorat kuzatilgani maʼlum boʻldi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Ayrim mamlakatlar, jumladan, Fransiya va Shveysariyada harorat 40 darajadan ortiq boʻlishi kuzatilmoqda.

Meteorologlar mintaqaga issiq havo Shimoliy Afrikadan kirib kelayotganini taʼkidlamoqda.

Fransiya aholini jazirama xavfidan ogohlantirgan.

2003-yilda ham jazirama Fransiyani falajlantirib, 15 ming insonning oʻlimiga sabab boʻlgan edi.

Ispaniyada ham issiq havo tufayli ayrim hududlarda oʻrmon yongʻinlari yuzaga kelishi ehtimolidan ogohlantirish eʼlon qilingan.

Hatto Alp togʻlarining yuqori qismlarida ham harorat 30 darajaga yetgan.

Ekspertlar bunday noodatiy ob-havo sharoiti tabiiy holat boʻlsada, ammo iqlim oʻzgarishi sababli issiq havo oqimlari bundan keyin yanada koʻp kuzatila boshlanishini aytmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?