Yevropada 2021 yildan yangi yevrokubok tashkil qilinadi

16:55 11 Sentyabr 2018 Sport
204 0

Yevropa klublari Assotsiatsiyasi (ECA) prezidenti Andrea Anyelli 2021 yildan boshlab UYEFA uchinchi yevrokubok joriy etishini tasdiqladi. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti xabar berdi.

“Uchinchi yevrokubok musobaqasini tashkil etishga ruxsat berildi. Endi faqatgina UYEFA ijroqoʻmi tomonidan buni tasdiqlash qoldi.

Shunday qilib, 2021/22 yilgi mavsumdan boshlab yevrokuboklarda ishtirok etuvchi jamoalar soni 96taga yetadi”, – degan Anyelli.

Qayd qilinishicha, Chempionlar ligasida 32 jamoa ishtirok etishda davom etadi. Yevropa Ligasida ishtirok etadigan jamoalar soni esa 48tadan 32taga qisqartiriladi. Hozircha nomi maʼlum boʻlmagan uchinchi yevrokubokda ham 32 klub ishtirok etishi koʻzda tutilgan.

Eslatib oʻtamiz, ilgari UYEFA tomonidan kubok egalari kubogi musobaqasi tashkil qilingandi. 1995 yildan 2008 yilga qadar esa nufuzi biroz pastroq boʻlgan Intertoto kubogi bahslari ham oʻtkazilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?