Yevropa mamlakatlari uchun futbol boʻyicha JCH 2022 saralash musobaqasi formati tasdiqlandi

21:20 18 Iyun 2020 Sport
295 0

Arxiv surat

Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UYEFA) Ijroiya qoʻmitasining navbatdagi yigʻilishida Yevropa mamlakatlari terma jamoalari uchun 2022-yil Qatarda boʻlib oʻtadigan Jahon chempionati saralash musobaqasi formati tasdiqlandi. 

Unga koʻra, saralash bosqichida 55 jamoa oʻnta guruhga boʻlingan: besh guruhga oltitadan va yana beshta guruhda esa beshtadan milliy jamoa.

Har bir guruh gʻolibi toʻgʻridan-toʻgʻri Jahon chempionatining final bosqichiga yoʻl oladi. Ikkinchi oʻrinni egallagan oʻnta jamoa esa Millatlar Ligasi saralashidan oʻtgan ikki jamoa bilan pley-off bosqichida uchta yoʻllanma uchun oʻzaro bahs olib boradi.

Eslatib oʻtamiz, endi ushbu formatni Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) tasdiqlashi kerak.

Jahon chempionati 2022-yilning 21-noyabr — 18-dekabr kunlari oʻtkaziladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?