Yevropa Kengashi raisi Oʻzbekistonga keladi

11:10 27 May 2019 Jamiyat
249 0

Yevropa kengashi raisi Donald Tusk 31-may kuni kechga yaqin Oʻzbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti xabar bermoqda.

Toshkentga tashrif 31-may kuni, Markaziy Osiyo mamlakatlariga safar doirasida boʻlib oʻtadi. Tusk 30-may kuni avvaliga Tojikistonga safar uyushtirsa, 31-may kuni, kunning birinchi yarmida Qozogʻistonga boradi. U yerda sobiq Prezident Nursulton Nazarboyev va amaldagi prezident Qasim-Jomart Toqayev bilan uchrashishi koʻzda tutilgan.

31-may kuni soat 18:00da Tusk Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qabulida boʻlishi rejalashtirilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?