Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishi uchun 5 million yevro ajratmoqchi

14:04 20 Iyun 2018 Iqtisodiyot
246 0

Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonning Jahon savdo tashkiloti (JST)ga a’zo bo‘lishini qo‘llab-quvvatlash uchun 5 million yevro ajratishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda qayd qilinishicha, joriy yilning oxiriga qadar O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayoniga ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha loyihalarni tayyorlash tugallanadi, buning uchun Yevropa Ittifoqi 5 million yevro ajratmoqchi. Shuningdek, “Qishloq joylarda ishga joylashtirishning ko‘nikmalarini rivojlantirish” loyihasini moliyalashtirish uchun ham YEI tomonidan 5 million yevro taqdim etadi.

Bundan tashqari, tomonlar “Farg‘ona vodiysida suv resurslarini barqaror boshqarish” grant loyihalari bo‘yicha 30 million yevro va “Chorvachilik sohasini rivojlantirish”ga 15 million yevro miqdoridagi moliyaviy bitimlarni imzolashga kelishib olishgan.

Yevropa tomoni bilan 2019 yil boshida davlat byudjeti xarajatlarini qo‘llab-quvvatlash uchun 40 million yevro miqdorida grant ajratish bo‘yicha kelishuvga erishilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?