Yevropa Ittifoqi ham “Jasliq” koloniyasi yopilishini olqishladi

15:01 15 Avgust 2019 Jamiyat
127 0

Yevroittifoq Qoraqalpogʻistondagi “Jasliq” jazoni ijro etish koloniyasi tugatilishini olqishlab, buni qamoqxonalarda boshqaruvni yaxshilash sari tashlangan qadam deb atadi.

“YEI BMTning qiynoq va jazoning boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni toptovchi turlariga qarshi Konvensiyasi fakultativ protokolini ratifikatsiya qilish asosida jazoni ijro etish muassasalari tizimida islohotlarning amalga oshirilishi hamda eng yaxshi xalqaro tajribalarga muvofiq ravishda ombudsmanning Milliy preventiv mexanizmi funksiyasini bajarish boʻyicha vakolatlari kengaytirilishini kutmoqda”, — deyiladi Yevroittifoq bayonotida.

Yevropa Ittifoqining taʼkidlashicha, chet ellik, qolaversa, ichki iqtisodiy operatorlarning roʻyobga chiqarilayotgan islohotlarga ishonchi hamda ularning Oʻzbekiston iqtisodiyotiga sarmoya kiritishga tayyorligi qonun ustuvorligi va inson huquqlariga rioya etilishi sohasidagi doimiy yuksalishga bogʻliq.

“YEI kelgusida munosabatlarimizni yangi darajaga koʻtaruvchi bunday hodisalarni qoʻllab-quvvatlashga tayyor”, — deya eʼtirof etiladi bayonotda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?