Yevropa Ittifoqi Boeing 737 MAX samolyoti parvozlarini toʻxtatdi

11:54 13 Mart 2019 Dunyo
127 0

Illyustrativ foto

Efiopiyada Boeing 737 MAX yoʻlovchi samolyoti ishtirokida roʻy bergan halokatdan soʻng Yevropa Ittifoqi ushbu rusumdagi laynerlar parvozlarini toʻxtatib qoʻydi. Bunday holat fojia sabablari aniqlanmaguncha davom etadi. Bu haqda Yevropa aviatsiya xavfsizligi agentligi(EASA) maʼlumotiga tayanib TASS xabar berdi.

EASA ehtiyotkorlik chorasi sifatida bugun soat 19:00 UTC(00:00 Toshkent vaqti. –tahr. izohi)da kuchga kiradigan direktiva chiqardi. Unga koʻra, Yevropada Boeing samolyotlarining 737-8 MAX hamda 737-9 MAX modellari ishtirokidagi barcha aviatsiya amaliyotlari toʻxtatiladi.

Bundan tashqari, agentlik Yevropa aviakompaniyalariga tegishli boʻlmagan shu modifikatsiyadagi laynerlar uchun havo boʻshliqlarini yopishga buyruq berdi.

Ayni paytda qator aviakompaniyalar, turoperatorlar hamda davlatlar Boeing 737 MAX va uning qator modifikatsiyalari parvozlarini toʻxtatganini eʼlon qilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?