Yevropa Ittifoqi AQShga po‘lat va alyuminiy eksport qilishni qisqartiradimi?

17:56 23 May 2018 Dunyo
143 0
Фото: ntv.ru

AQSh Yevropa Ittifoqi bilan savdo sohasidagi tortishuvga ikki xil yechim, ya’ni Yevropadan ushbu davlatga po‘lat va alyuminiy importini 10 foizga qisqartirishni taklif etayapti. 

“Bizda amerikaliklar qanday qilib bo‘lmasini YeI davlatlaridan po‘lat va alyuminiy yetkazib berishni cheklashdan umid qilayapti degan taassurot paydo bo‘lmoqda”, - dedi Yevropa savdo komissiyasi vakili Sesilya Malmstrem. 
“Ular mazkur cheklovlarni qanday qilib kiritish haqida tasavvur ham qila olmaydi”, degan YeI va AQSh o‘rtasidagi muzokaralarda ishtirok etgan Polsha ishbilarmonlik va texnologiyalar vaziri Yadvig Emilevich.
AQSh savdo vaziri Uilbur Ross matbuot kotibi yevropaliklarning fikriga munosabat bildirmagan.
Ilgari rasmiy Bryussel AQShga yetkazib berilayotgan po‘lat va alyuminiyga 10 foizlik cheklov qo‘yish noqonuniy ekanligini ta’kidlab, Yevropa bunga ko‘nmasligini bildirgandi.

The Wall Street Journal nashrining yozishicha, YeI bu borada Koreya Respublikasini misol qilib keltirgan. Gap shundaki, mazkur davlat AQShga po‘lat yetkazib berish hajmini 30 foizga qisqartirishga rozi bo‘lgandi. Natijada Janubiy koreyalik po‘lat ishlab chiqaruvchilar murakkab ahvolda qoldi. Boisi Koreya Respublikasi AQSh bozoriga mazkur mahsulotni yetkazib berish bo‘yicha uchinchi o‘rinda turadi. 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?