Yevropa chempionlar ligasiga start berildi

11:56 19 Sentyabr 2018 Sport
1170 0

Seshanba kuni UEFA Chempionlar ligasi yangi mavsumi boshlandi. Shu kuni guruh bosqichining 1-tur doirasida 8 ta uchrashuv boʻlib oʻtdi.

B guruhidan joy olgan Kataloniyaning “Barselona” klubi oʻz uyida “PSV Eyndxoven” klubini qabul qilib, yirik 4:0 hisobida gʻalaba qozondi. Jamoa yetakchisi Lionel Messi oʻyinda het-trikka erishdi. Guruhning ikkinchi uchrashuvida “Inter” “Tottenhem”ni 2:1 hisobida magʻlub etdi.

Kunning yana bir markaziy uchrashuvi C guruhidan oʻrin egallagan “Liverpul” hamda “PSJ” jamoalari oʻrtasida kechdi. Gollarga boy boʻlgan uchrashuvda Yurgen Klopp shogirdlari soʻnggi daqiqalarda kiritilgan gol evaziga 3:2 hisobida gʻalaba qozondi. Guruhning ikkinchi oʻyinida Italiyaning “Napoli” klubi Serbiyada “Srvena Zvezda” bilan 0:0 hisobida durang oʻynadi.

A guruhida mehmonlar “Atletiko” va “Borussiya” muhim gʻalabalar bilan qaytgan boʻlsa, D guruhida “Galatasaroy” Moskvaning “Lokomotiv” klubini yirik hisobda yengdi. “Shalke” va “Portu” uchrashuvida esa gʻolib aniqlanmadi.

YECHL. Guruh bosqichi. 1-tur
A guruhi

Monako (Monako) – Atletiko (Ispaniya) 1:2 (1:2)
Gollar:
Gransir (18), – Diyego Kosta (31), Ximenes (45).

Bryugge (Belgiya) – Borussiya D (Germaniya) 0:1 (0:0)
Gol:
Pulishich (85).

B guruhi

Barselona (Ispaniya) – PSV (Niderlandiya) 4:0 (1:0)
Gollar:
Messi (31, 77, 87), Dembele (74).
Chetlatish: Umtiti (79, Barselona).

Inter (Italiya) – Tottenhem (Angliya) 2:1 (0:0)
Gollar:
Ikardi (85), Vesino (90+2) – Eriksen (53).

C guruhi

Liverpul (Angliya) – PSJ (Fransiya) 3:2 (2:1)
Gollar:
Starrij (30), Milner (36, penalti), Firmino (90+2) – Menye (40), Mbappe (83).

Srvena Zvezda (Serbiya) – Napoli (Italiya) 0:0

D guruhi
Galatasaroy (Turkiya) – Lokomotiv (Rossiya) 3:0 (1:0)
Gollar:
Rodrigesh (9), Derdiyoʻq (67), Inan (90, penalti).
Chetlatish: Ndiaye (87, Galatasaroy)

Shalke-04 (Germaniya) – Portu (Portugaliya) 1:1 (0:0)
Gollar:
Embolo (64) – Otavio (75, penalti).

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?