Yevropa Chempionlar ligasiga qurʼa tashlandi. Ronaldu oʻzining sobiq jamoasiga qarshi oʻynaydi

12:25 31 Avgust 2018 Sport
684 0

Kecha Monakodagi “Grimaldi Forum” saroyida Yevropa Chempionlar ligasining 2018/2019 yilgi mavsumi guruh bosqichiga qurʼa tashlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Qurʼaga koʻra, YECHL guruhlari quyidagicha koʻrinish oldi:

“A” guruhi: “Atletiko”, “Borussiya” Dortmund, “Monako”, AYEK Afina.
“B” guruhi: “Barselona”, “Tottenxem”, PSV Eyndxoven, “Inter”.
“C” guruhi: PSJ, “Napoli”, “Liverpul”, “Srvena Zvezda”.
“D” guruhi: “Lokomotiv” Moskva, “Portu”, “Shalke-04”, “Galatasaroy”.
“E” guruhi: “Bavariya”, “Benfika”, “Ayaks”, “Bryugge”.
“F” guruhi: “Manchester Siti”, “Shaxtyor”, “Lion”, “Xoffenxaym”.
“G” guruhi: “Real”, “Roma”, SSKA Moskva, “Viktoriya” Plzen.
“H” guruhi: “Yuventus”, “Manchester Yunayted”, “Valensiya”, “Yang Boyz”.

Guruh oʻyinlari 18-19 sentyabr kunlari boshlanib, 12 dekabrga qadar davom etadi.

17 dekabrda nimchorak final, 15 martda chorak final, 19 aprelda yarim finalga qurʼa tashlanadi.

30 aprel – 1 may kunlari yarim finalning birinchi, 7-8 may kunlari esa javob uchrashuvlari oʻtkaziladi. Final bahsi 1 iyun kuni Madridning “Metropolitano” stadionida oʻtkaziladi.

Oʻz navbatida tadbir davomida qator nominatsiyalar boʻyicha gʻoliblar aniqlanib, taqdirlandi. Jumladan, Devid Bekhemga yoshlarga futbolni targʻib etish borasidagi faol harakatlari uchun maxsus sovrin topshirilgan boʻlsa, Keylor Navas di eng yaxshi darvozabon, Serxio Ramos eng yaxshi himoyachi, Luka Modrich eng yaxshi yarim himoyachi, Krishtianu Ronaldu eng yaxshi hujumchi, Pernila Xarber eng yaxshi ayol futbolchi –boʻldi.

Eng yaxshi futbolchi nominatsiyasida ham Luka Modrichga omad kulib boqdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?