Yevrokomissiya departamenti rahbari kompaniyalarni Oʻzbekiston energetikasiga sarmoya kiritishga chorladi

07:15 30 Sentyabr 2019 Jamiyat
56 0

Yaqinda Bryussel shahrida Oʻzbekiston Respublikasining Energetika vazirining birinchi oʻrinbosari boshchiligidagi delegatsiyasi Oʻzbekistonning energetika sektorida amalga oshirilayötgan islohotlarga bagʻishlangan seminarda ishtirok etdi.

Ushbu seminar Oʻzbekiston Respublikasining Belgiyadagi elchixonasi koʻmagida Osiyo tadqiqotlari Yevropa instituti tomonidan tashkil qilingan.

Seminarda 90 dan ortiq kishi, jumladan, Yevroparlamentning Markaziy Osiyo boʻyicha delegatsiyasi rahbari, Yevropa komissiyasi, AQSH, Yevropa va Osiyo mamlakatlari diplomatik korpusi vakillari, shuningdek, Yevropaning energetika kompaniyalari rahbarlari ishtirok etdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirining birinchi oʻrinbosari Joʻrabek Mirzamahmudov seminar ishtirokchilarini Oʻzbekistonda amalga oshirilayëtgan, mamlakatning investitsion jozibadorligini oshirishga qaratilgan va sohada bozor mexanizmlari joriy qilinishini taʼminlayotgan keng koʻlamli islohotlar jarayoni, generatsiyaga toʻgʻridan toʻgʻri xususiy investorlarni jalb qilish, samarali texnologiyalarni joriy qilayotgan aholi va tadbirkorlarni ragʻbatlantirish choralari bilan tanishtirdi.

Seminar yakunlari boʻyicha Yevropa komissiyasining xalqaro aloqalar boʻyicha departamenti rahbari Oʻzbekiston Respublikasida amalga oshirilayëtgan islohotlarga yuqori baho berdi va shuni taʼkidladiki, mamlakatda katta oʻzgarishlar kuzatilmoqda, ular xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga koʻmaklashadi. Ayni paytda Yevropaning energetika kompaniyalarini Oʻzbekiston Respublikasi energetika sohasiga investitsiya kiritishga daʼvat etdi. YEI energiya samaradorligi sohasida katta tajribaga ega ekanligi, energiyani tejovchi texnologiyalarni joriy qilish, karbonat angidrid gazi chiqarilishini kamaytirish boʻyicha tajribasi bilan boʻlishishga tayyor ekanligini qayd etdi.

Unda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy qilish rejalari alohida taʼkidlandi va YEI ularga katta qiziqish bildirdi. Yangi koʻnikmalar va texnologiyalar taklif qilindi.

“Ansaldo“ kompaniyasi taqdimotida vodorod asosida zaxira quvvatlarini yaratish orqali QTEMdan foydalanish boʻyicha yangi texnologik yechimlar taklif qilindi va u ishtirokchilarda alohida qiziqish uygʻotdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?