“Yevro-2020” musobaqalari 2021-yilga qoldirilishi rejalashtirilmoqda

20:53 12 Mart 2020 Sport
248 0

UYEFA kelayotgan seshanba, 17-mart kuni futbol boʻyicha Yevropa chempionati final qismini 2021-yilga koʻchirish toʻgʻrisida bayonot berishni rejalashtirmoqda. Bunga sabab qilib koronavirus koʻrsatib oʻtilgan.

Bu haqda LʼÉquipe fransuz nashri xabar berdi.

UYEFA matbuot xizmati maʼlumotiga koʻra, 17-mart kuni UYEFA 55 ta futbol uyushmasi vakillari, Yevropa klublari, Yevropa ligalari uyushmalari rahbarlari va FIFPro mutasaddilari bilan videokonferensiya oʻtkazadi. Unda Yevropa Chempionlar ligasi va Yevropa ligasi, shuningdek futbol boʻyicha Yevropa chempionatining keyingi taqdiri masalasi hal qilinadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?