Yevgeniy Sisoyev: Afg‘onistonning shimoliy muzofotlaridagi vaziyat katta xavotir uyg‘otmoqda 

17:41 27 Mart 2018 Siyosat
828 0

“Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra 3 ming nafargacha terrorchi yig‘ilgan Afg‘onistonning shimoliy muzofotlaridagi vaziyat katta xavotir uyg‘otmoqda. Ularning ichida 80 foizi xorijliklar bo‘lib, jumladan, Rossiya, Markaziy Osiyo mamlakatlari, Xitoy Xalq Respublikasidan chiqqanlar ham bor”, — dedi ShHT MATT direktori Yevgeniy Sisoyev Afg‘oniston bo‘yicha Toshkent konferensiyasida qilgan chiqishida.

“RIA Novosti” axborot manbasida yozilishicha, Sisoyev “IShID tarafdorlari toliblardan farqli ravishda Afg‘oniston, Eron, Bangladesh, Pokiston, Hindiston va Markaziy Osiyo hududlarini o‘z ichiga olgan navbatdagi soxta davlatni tuzish g‘oyasiga sodiqligi”ni qayd etib o‘tgan. 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?