YETTB Toshkentdagi kafe va restoranlar tarmogʻiga katta miqdorda kredit ajratdi

09:51 20 Dekabr 2018 Iqtisodiyot
625 0

Arxiv foto

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Toshkent shahrida kafe va restoranlar tarmogʻini boshqarish bilan shugʻullanayotgan kompaniyalar guruhiga 2 mln. dollar miqdorida kredit ajratdi. Bu haqda bankning mamlakatimizdagi vakolatxonasi xabar berdi.

Shunday qilib poytaxtimizdagi restoranlar, kafe va ishlab chiqarish korxonalari boshqaruvi bilan shugʻullanib kelayotgan ABNMB kompaniyalar guruhi 2 mln. dollarlik kreditga ega boʻladi.

Mazkur mablagʻ salqin ichimliklar, non va qandolatchilik mahsulotlari, muzqaymoq ishlab chiqarish biznesini kengaytirishga yoʻnaltiriladi.

Oʻz navbatida ABNMB Toshkentdagi “Bon!” qahvaxonalari tarmogʻini ham koʻpaytirmoqchi.

Shu boʻyicha loyiha YETTB aksiyadorlarining maxsus jamgʻarmasi hamda kichik biznes uchun tuzilgan yana bir fondi(SBIF) hisobidan moliyalashtiriladi.

YETTB loyihasi doirasida donorlarning qoʻllab-quvvatlashi bilan ABNMB kompaniyalar guruhi non va qandolatchilik mahsulotlariga ISO 22000 standarti, ularni ishlab chiqarishga esa yangi texnologiyalarni joriy etadi.

Eslatib oʻtamiz, ayni paytga kelib YETTB Oʻzbekiston iqtisodiyotiga 69 ta loyiha orqali 1,3 mlrd. yevro miqdorida investitsiya kiritgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?