Eʼtibor va gʻamxoʻrlik – insoniy burch

12:36 15 Yanvar 2020 Jamiyat
434 0

Davlatimiz rahbarining 2019-yil 13-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkiletilganligining 28 yilligi hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoyishi asosida Sirdaryo viloyati hokimligining 2019-yil 28-dekabrda tasdiqlangan “Sirdaryo viloyatida ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish vaqtida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining oila aʼzolariga moddiy va maʼnaviy yordam koʻrsatish maqsadida biriktirilgan hokimliklar, boshqarmalar tashkilotlar va harbiy qismlar roʻyxati”ga asosan Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan shu kunlarda “Ajdodlarni xotirlash – muqaddas qadriyat” hamda “Eʼtibor va gʻamxoʻrlik – insoniy burch” shiorlari ostida tadbirlar oʻtkazilmoqda.

1982-yilda Sirdaryo viloyatida tugʻilgan,1998-2002-yillarda bojxona organlarida xizmat qilgan, 2002-yil 7-may kuni xizmat vazifasini bajarish vaqtida halok boʻlgan, marhum sobiq bojxona xizmati leytenanti Akmal Aʼzamov, 1981-yil Samarqand viloyatida tugʻilgan,2001-2006-yillarda bojxona organlarida xizmat qilgan, 2006-yil 3-sentyabr kuni xizmat vazifasini bajarish vaqtida halok boʻlgan, marhum sobiq bojxona xizmati katta leytenanti Islom Keldiyarov xonadonlariga borishgan hamkasblari marhumlarning xotirasini yod etib, ularning oila aʼzolarini bayram munosabati bilan tabriklashdi. va esdalik sovgʻalar topshirishdi. Viloyat bojxona boshqarmasi tomonidan ushbu yoʻnalishlarda tadbirlar tizimli davom ettirilmoqda.

Anvar QORABOYEV,

Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar guruhi bosh inspektori.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?