Ertaga jamoalarimiz OCHLdagi dastlabki oʻyinini oʻtkazadi

18:01 11 Fevral 2019 Sport
420 0

Illyustrativ foto

Osiyo chempionlar ligasining joriy yilgi turnirida mamlakatimiz chempioni “Lokomotiv” jamoasi OCHL bahslaridagi oʻz ishtirokini guruh oʻyinlaridan boshlashini bilasiz. Oʻzbekiston kubogi gʻolibi Olmaliq shahrining “AGMK” va Superliga bellashuvlarida kumush medalni qoʻlga kiritgan “Paxtakor” klublari esa ikki oʻyinli “pley-off” orqali guruh bosqichiga chiqishga urinib koʻrishadi.

12 fevral kuni jamoalarimiz dastlabki bahsda oʻz maydonlarida oʻtadigan uchrashuvlarda yashil maydonga chiqishadi. “AGMK” Tojikiston chempioni “Istiqlol” jamoasiga qarshi saf tortsa, “Paxtakor” Iroqning kuchli jamoalaridan biri, OFK kubogining soʻnggi uch mavsumidagi gʻolibi “Eyr Fors” bilan “hisob-kitob” qiladi.

Agar “AGMK” va “Paxtakor” ushbu oʻyinlarda gʻalaba qozona olsa, 19 fevral kuni safarda mos ravishda Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” va BAAning “Al-Nasr” jamoalariga qarshi ikkinchi uchrashuvda kuch sinashadilar.

 

“Paxtakor” (Oʻzbekiston) — “Eyr Fors” (Iroq).

12 fevral 2019 yil. Toshkent. “Paxtakor” stadioni. Soat 15:00.

Bosh hakam: Kim Xi Gon (Janubiy Koreya).

 

“AGMK” (Oʻzbekiston) — “Istiqlol” (Tojikiston).

12 fevral 2019 yil. Olmaliq. “OKMK” stadioni. Soat 16:00.

Bosh hakam: Jarred Jillet (Avstraliya).

Sunnatilla Islomov tayyorladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?