Ertaga Senatning yettinchi yalpi majlisi boʻlib oʻtadi. Uni odatdagidek onlayn kuzatish mumkin

16:26 10 Sentyabr 2020 Siyosat
190 0

Ertaga, 11-sentabr kuni Oliy Majlis Senatining yettinchi yalpi majlisi boʻlib oʻtadi. Soat 10:00da oʻz ishini boshlaydigan yalpi majlisni Senatning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari hamda UzReport telekanali orqali onlayn kuzatib borish mumkin.

Videokonferensaloqa tarzida oʻtkaziladigan yalpi majlisda bir qator masalalar koʻrib chiqilishi rejalashtirilgan. Shu jumladan:

“Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisida”gi;

“Xalqaro tijorat arbitraji toʻgʻrisida”gi;

«Narkologik kasalliklar profilaktikasi va ularni davolash toʻgʻrisida»gi;

“Xalq deputatlari Kengashlari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi;

“Qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallangan yerlardan va oʻrmon fondi yerlaridan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi;

“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonunlar.

Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining Davlat byudjetining 2020-yil birinchi yarim yilligidagi ijrosi toʻgʻrisidagi axboroti koʻrib chiqilishi nazarda tutilgan.

Bundan tashqari, ilmiy faoliyatni rivojlantirish uchun koʻrilayotgan choralar holati haqida hamda Oʻzbekistonda xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish uchun yaratilgan shart-sharoitlar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga parlament soʻrovlari yuborish masalalari muhokama qilinishi rejalashtirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?