Ertaga Oʻzbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?

15:14 28 Oktyabr 2020 Jamiyat
248 0

Gidrometeorologiya xizmati markazi ertaga, 29-oktyabr kuni Oʻzbekistonda kutilayotgan ob-havo haqida maʼlumot berdi.

Toshkent shahri. Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, shimoli-sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 1° sovuq-1° iliq, kunduzi 12-14° boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 8-13° boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, baʼzi joylarda 1-2° sovuqgacha, kunduzi 10-15° boʻladi.

Toshkent, Sirdaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlari. Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, baʼzi joylarda 1-2° sovuqgacha, kunduzi 10-15° boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari. Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, baʼzi joylarda 1-2° sovuqgacha, kunduzi 12-17° boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari. Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 10-15° boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlari. Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 1-6° sovuq, kunduzi 2-7° iliq boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?