Ertaga nechta davlatga charter reys tashkil etiladi?

09:13 05 Iyul 2020 Jamiyat
299 0

Ertaga, 6-iyul kuni tashkil etiladigan charter reyslar

Seul-Toshkent-Seul

Toshkent-Moskva-Toshkent

Parvozga konsullik muassasalari tomonidan fuqarolar roʻyxatga olinadi hamda Uzbekistan Airways aviakompaniyasiga taqdim etiladi va ushbu roʻyxat asosida fuqarolar samolyot bortiga kiritiladi.

Roʻyxatga birinchi navbatda bemor fuqarolar, yosh bolali va homilador ayollar hamda bekor qilingan doimiy aviaqatnovlarga chipta xarid qilgan fuqarolar qoʻyiladi.

Chiptalarni fuqarolar parvozdan 4 soat oldin xorijiy mamlakatlarning xalqaro aeroportlaridagi Uzbekistan Airways aviakompaniyasining kassalaridan olishlari mumkin boʻladi.

Oʻzbekistonga kirib kelayotgan fuqarolar oʻz xohishiga koʻra 14 kunlik karantin muddatini davlat tomonidan bepul taʼminlanadigan karantin markazlarida yoki pullik mehmonxonada oʻtkazishi mumkin (https://t.me/migratsiyamatbuotkotibi/515).

Bugun Toshkent – Rostov-Don – Toshkent charter reysi amalga oshiriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?