Ertaga Abdulla Aripov Ostonaga boradi

10:35 01 Noyabr 2018 Siyosat
191 0

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi delegatsiya 2018 yilning 2 noyabr kuni Ostona shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi yigʻilishida ishtirok etadi.

Tashqi ishlar vazirligi xabariga koʻra, Hukumat rahbarlari MDH doirasidagi koʻp tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qiladilar, aniq yoʻnalishlardagi oʻzaro aloqalarning shartnomaviy-huquqiy asosini kengaytirishga qaratilgan bir qator hujjatlarni imzolaydilar.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?