Ertadan TIV Konsullik-huquqiy departamenti fuqarolarni qabul qilishni vaqtincha toʻxtatadi

13:16 13 Iyul 2020 Siyosat
335 0

Oʻzbekiston Respublikasida COVID-19 koronavirusining tarqalishini oldini olish boʻyicha amalga oshirilayotgan choralar munosabati bilan, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamentida fuqarolarni qabul qilish 2020-yil 14-iyuldan 2020-yil 1-avgustgacha vaqtincha toʻxtatiladi. Bu haqda TIV xabar berdi.

"Oʻta shoshilinch holatlarda quyidagi aloqa raqamlari va elektron manzillarga murojaat qilishingiz mumkin:

- fuqarolik, legalizatsiya va boshqa masalalar boʻyicha:

Tel.:+998(71)233-36-03, elektron pochta: legalization@mfa.uz

- viza masalalari boʻyicha:

Tel.:+998(71)236-27-07, elektron pochta: visa@mfa.uz

- pasport rasmiylashtirish masalasi boʻyicha:

Tel.: +998(71)233-45-01, elektron pochta: passport@mfa.uz

- jismoniy va yuridik shaxslarining boshqa masalalari yuzasidan murojaatlari boʻyicha:

Tel: +998(71)233-28-28, Call-sentr -1164, elektron pochta: murojaat@mfa.uz.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?