Eronlik muxlislar Ronalduga uyqu berishmadi (video)

14:54 25 Iyun 2018 Sport
722 0
Arxiv fotо: YouTube

JCH-2018 guruh bosqichining 3-turidan o‘rin olgan Portugaliya va Eron terma jamoalari uchrashuvidan oldiin eronlik muxlislar Portugaliya terma jamoasi qo‘nim topgan mehmonxona oldida, tuni bilan shovqin-suron ko‘tarib, raqib futbolchilarining uyqusiga halal berishgan. Bu haqda B24PT nashri xabar tarqatdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda ko‘rinishicha, tinchi buzilgan Ronaldu ham derazadan ularga murojaat qilib, uxlash imkoniyatini berishlarini so‘rab, ishora qilgan.

Eslatib o‘tamiz, JCH-2018 guruh bosqichining 3-turidan o‘rin olgan Portugaliya va Eron terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin bugun bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 23:00da boshlanadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?