Eronga legionerlar emas, yoshlar boradigan bo‘ldi

16:27 16 May 2018 Sport
476 0
Фото: the-uff.com

Futbol muxlislariga ma’lumki, shu yilning 19 may kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi Tehronda Eron terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida ishtirok etadi.

Rossiyada bo‘lib o‘tadigan 2018 yilgi Jahon chempionati ishtirokchisi bo‘lgan mezbonlar bilan bo‘ladigan o‘yin navbatdagi katta musobaqalar oldidan futbolchilarimiz uchun tajriba maktabi vazifasini o‘tab berishi aniq.

Ushbu bahsda O‘zbekiston milliy terma jamoasiga legioner futbolchilar jalb etilmaydi va asosan Osiyo o‘yinlarida ishtirok etishi mumkin bo‘lgan yosh futbolchilar xizmatidan foydalaniladi.

Quyida O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiylar kengashi tomonidan Eron bilan bo‘ladigan o‘yinga tanlab olingan futbolchilar bilan tanishishingiz mumkin:

Darvozabonlar:
Ergashev Umidjon – «Nasaf» 
Ergashev Botirali – «Navbaxor» 
Davronov Rahimjon – «Mash’al» 

Himoyachilar:
Ashurmatov Rustamjon – «Bunyodkor» 
Qobilov Islomjon – «Bunyodkor»
Komilov Akramjon – «Bunyodkor»
Tursunov Doston – «Neftchi» 
Alijonov Hojiakbar – «Paxtakor»
Otaxonov Abbosjon – «Metallurg»
Narzullayev Doniyor – «Nasaf»

Yarim himoyachilar:
Hamrobekov Odiljon – «Nasaf»
G‘aniyev Azizjon – «Nasaf»
Sidiqov Javohir – «Qo‘qon 1912» 
Turg‘unboyev Azizbek – «Navbahor» 
Yaxshiboyev Jasur – «Paxtakor»
Masharipov Jaloliddin – «Paxtakor»
Kenjaboyev Islom – «Nasaf» 
G‘iyosov Xurshid – «Bunyodkor» 
Sobirxo‘jayev Sardor – «Bunyodkor»

Hujumchilar:
O‘rinboyev Zabihillo – «Metallurg» 
Sidorov Andrey – «Qizilqum»
 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?