Erondan Toshkentga qaytgan fuqarolar 14 kun davomida karantinda boʻladilar

12:18 06 Mart 2020 Jamiyat
136 0

2020-yil 1-martdan boshlab Tehron shahridagi Oʻzbekiston Elchixonasi huzurida Ishchi guruh tuzilgan boʻlib, u Eronda COVID-19 koronavirusining tarqalishi bilan bogʻliq epidemiologik vaziyat barqarorlashganiga qadar tunu kun faoliyat yuritadi.

Elchixona maʼlum qilishicha, hozirgi paytda 50 ga yaqin hamyurtlarimiz turli sabablarga koʻra Eronda boʻlib turibdi, ertalab 6-mart holatiga koʻra ular orasida koronavirus bilan kasallanganlar qayd etilmagan. Bu haqda TIV xabar berdi.

Elchixona Eron tomonining vakolatli organlari bilan doimiy aloqada boʻlib turibdi, Ishchi guruh aʼzolari uchrashuvlar, tushuntirish ishlari olib bormoqda, shuningdek, vatandoshlarga konsullik huquqiy va boshqa masalalarni hal qilishda yordam bermoqda.

"Elchixona rasmiy veb-sayti va “Telegram” messenjerida tashkil etilgan maxsus guruh orqali Oʻzbekiston fuqarolariga Eron hukumati oʻrnatgan meʼyor va qoidalariga, ehtiyotkorlik sanitariya choralariga qatʼiy rioya qilishlarini, vatanga qaytish yoki boshqa bir qarorga kelishdan oldin, xotirjamlik va ehtiyotkorlik bilan xulosa chiqarishni tavsiya etadi. Shuni yodda tutish joizki, Erondan Toshkentga qaytgach Oʻzbekiston fuqarolari maxsus tayyorlangan joyda 14 kun davomida karantinda boʻladilar.

Oʻzbekiston Respublikasi elchixonasidagi Ishchi guruh bilan bogʻlanish maʼlumotlari:

Tel.: +98 2122832071; +98 2122299780;

Kosturayev Kosturajon (konsul), tel.: +98 91201327823.

Elchixonaning Internet manbalari:

Elchixona veb-sayti: http://uzbekembassy.ir/

Telegramdagi “Citizens of Uzbekistan in Iran” guruhi: https://t.me/UzbekistanCitizensinIran" deyiladi maʼlumotda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?