Eron sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosari koronavirusni yuqtirib olgani maʼlum boʻldi

17:48 25 Fevral 2020 Dunyo
331 0

Eronlik jurnalist Abbos Aslaniy Tvitterdagi sahifasida mamlakat sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari Iraj Xaririchiy Covid-19 oʻtkir infeksiyali koronavirusni yuqtirib olgani haqida maʼlum qildi. Bu haqda Interfax xabar berdi.

Jurnalist oʻz maʼlumotiga Xaririchiyning videomurojaatini ilova qilgan. Unda vazir oʻrinbosari ushbu kasallikka chalinganini tasdiqlagan.

“Men koronavirusni yuqtirib oldim, ammo oʻzimni yomon his qilmayapman va yaqin orada mamlakatda sogʻliqni saqlash bilan bogʻliq vaziyat haqida sizlarni xabardor qilishda davom etaman”, — deya koronavirusni yengib oʻtishiga ishonch bildirgan.

Iraj Xaririchiy oxirgi bir necha kunlarda jurnalistlar uchun oʻz davlatidagi epidemiologik holat bilan bogʻliq vaziyat boʻyicha brifinglar oʻtkazib kelayotgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?