Eron Oʻzbekiston avtomobillarini xarid qilmoqchi

14:20 10 Sentyabr 2018 Iqtisodiyot
474 0

Qayd etilishicha, Eronning avtobus va yuk mashinalar parki eskirib qolgan hamda yangilanishga muhtoj. Shu maqsadda Eron Oʻzbekiston avtomobillarini import qilmoqchi. Bu haqda Oʻzbekiston 24 telekanalining “Tahlilnoma” dasturida xabar berildi.

Unga koʻra, Eronning Sepehr Meshqat Caspian kompaniyasi mamlakatimiz avtomobilsozlari bilan hamkorlik oʻrnatishga tayyor.

Fors kompaniyasi birinchi bosqichda “Oʻzavtosanoat”ning bir necha namunadagi mahsulotlarini sotib olishni rejalashtiryapti. Keyinchalik ularning soni mingtagacha yetkaziladi.

Ayni chogʻda Eron kompaniyasi mahsulotlarni ehtiyot qismlariga toʻliq ajratilgan (complete knock-down) va yarim ajratilgan holda (semi knock-down), keyinchalik Eronda yigʻishni yoʻlga qoʻyish maqsadida sotib olishni taklif etmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?