Eron ham keyingi bosqichda

18:09 12 Yanvar 2019 Sport
342 0

Illyustrativ foto

BAAda davom etayotgan futbol boʻyicha Osiyo kubogining 2-tur uchrashuvlari doirasida “D” guruhining Eron — Vyetnam jamoalari oʻzaro bahs olib bordi.

Forslarning isteʼdodli hujumchisi Sardor Azmunning dubli evaziga gʻalaba qozongan Eron milliy terma jamoasi muddatidan oldin nimchorak final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi. Bunga qadar Iordaniya, Janubiy Koreya va Xitoy vakillari ham mazkur bosqich masalasini ijobiy hal qilishgandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?