Eron firmasi Oʻzbekistonda ip ishlab chiqarishga 20 mln. yevro yoʻnaltiradi

15:15 03 Dekabr 2018 Iqtisodiyot
133 0

Illyustrativ foto

Eronning Zarin Taj Mahan Industry Group firmasi Oʻzbekistonda yigirilgan ip ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish uchun 20 mln. yevro investitsiya yoʻnaltiradi. Bu haqda “Oʻzbekiston 24” kanalining “Tahlilnoma” koʻrsatuvida maʼlum qilindi.

Fors kompaniyasi ushbu fabrika faoliyatini Qashqadaryo viloyatida yoʻlga qoʻymoqchi. Buning natijasida har kuni 24 tonnagacha mahsulot tayyorlash, 500 ta ish oʻrni yaratish imkoniyati paydo boʻladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?