Yerning magnit maydoni zaiflasha boshladi. Bu qanchalik xavfli?

01:08 22 May 2020 Dunyo
357 0

Olimlarning aniqlashicha, Yerning magnit maydoni asta-sekin zaiflashmoqda. Bu, ayniqsa, Afrikadan to Janubiy Amerikagacha boʻlgan hududlarda tezlik bilan rivojlanmoqda.

Maʼlumotlar Yevropa kosmik agentligining bir qator “Swarm” sunʼiy yoʻldoshlaridan olingan boʻlib, geofiziklarni hayratda qoldirgan holda, yaqin atrofdagi qurilmalar ishida baʼzi bir texnik nosozliklarni keltirib chiqarmoqda.

Bu haqda European Space Agency xabar berdi.

Magnit maydoni sayyoramiz uchun juda muhim hisoblanaib, insoniyatni kosmik nurlanish hamda quyoshning zaryadlangan zarralaridan himoya qiladi. Magnit maydonning asosiy manbasi eritilgan temir qatlamlari boʻlgan suyuq tashqi yadro boʻlib, yer sirtidan uch ming kilometr chuqurlikda joylashadi.

Barqaror boʻlmagan magnit maydoni sabab Yer tarixida bir necha bor Shimoliy va Janubiy qutblar oʻz joylarini butunlay oʻzgartirishgan. Ammo yaqin orada oʻtkazilgan tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, nafaqat yoʻnalish, balki maydon kuchi ham oʻzgargan ekan.

Masalan, soʻnggi 200-yil ichida magnit maydoni butun Yer yuzi boʻylab oʻrtacha 9 foiz kuchini yoʻqotgani bois Afrika va Janubiy Amerika oʻrtasida pasaytirilgan magnit kuchlanishning katta maydoni paydo boʻlgan. Olimlar ushbu holatni Janubiy Atlantika anomaliyasi deb atashgan.

1970-yildan 2020-yilgacha ushbu sohadagi minimal maydon kuchi taxminan 24.000 nanotestdan 22.000 gacha kamaygan, shu bilan birga, anomal zonaning maydoni oʻsgan. Gʻarbiy tomon yiliga 20 km tezlikda kengayib borgan.

Yangi maʼlumotlar esa Afrikaning janubi-gʻarbida minimal faoliyatning ikkinchi markazi paydo boʻlganligini koʻrsatayotgani bois olimlar endilikda Janubiy Atlantika anomaliyasi ikkita mustaqil qismga boʻlinishi mumkinligini taxmin qilishmoqda.

Biroq ikkinchi minimalning paydo boʻlishi sayyoraning magnit maydonini shakllantirishning umumeʼtirof etilgan nazariyasiga mos kelmaydi. Olimlar bu jarayon kutilganidan ancha murakkab degan xulosaga kelishmoqda.

Anomaliyaning sabablari nomaʼlumligicha qolmoqda. Ammo bir taxminga koʻra, magnit maydon zaiflashuvi qutblar joylarini yana oʻzgartirishga tayyorlanishayotganligi bilan bogʻliq boʻlishi mumkin (bu oʻrtacha har 250 ming yilda sodir boʻladigan holat). Ammo bu faqat nazariya.

Olimlar sunʼiy yoʻldosh maʼlumotlari yordamida oʻzgarishlarni yozishni davom ettirmoqdalar va Yerning tubida sodir boʻlayotgan jarayonlarni yaxshiroq tushunishga umid qilmoqdalar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?