Yerni “sotib”, pul topmoqchi boʻlgan edi, ammo...

17:03 01 Fevral 2019 Iqtisodiyot
453 0

Illyustrativ foto

Departamentning Rishton tumani boʻlimi va DXX Fargʻona viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda Rishton tumani “Fermer xoʻjaliklarida buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish markazi” direktori I. K. qoʻlga olindi. Bu haqda Bosh prokuraturaning “Telegramm” ijtimoiy tarmogʻidagi https://t.me/uzbprokuratura rasmiy kanalida xabar berildi.

I. K. fuqaro N. K.ga tuman hokimligi zaxirasidan fermer xoʻjaligi tashkil etishi uchun 6 gektar yer ajratish toʻgʻrisida tuman hokimi qarorini chiqartirib berish evaziga 4000 AQSH dollari olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan unga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?