Ernest Hemingueyning ko‘pchilikka noma’lum hikoyasi chop etiladi

16:44 02 Avgust 2018 Dunyo
172 0
Arxiv foto

Amerikaning Strand Magazine jurnali Ernest Hemingueyning ilgari faqat tadqiqotchilargagina ma’lum bo‘lgan “Bog‘ tarafdagi uy” nomli hikoyasi e’lon qilinishi haqida xabar berdi. Mazkur ijod mahsuli 1956 yilda yozilgan. Uning voqealari Ikkinchi jahon urushi paytida Parijda bo‘lib o‘tadi.

Ushbu hikoyada Xemingueyni sevib mutolaa qiladiganlar uchun barcha narsa bor.

Mashhur yozuvchi 1956 yil avgust oyida o‘z noshiriga beshta hikoyani yozib tugatgani haqida yozadi. “Bog‘ tarafdagi uy” ana shu novellalardan biridir. Shu paytgacha ulardan faqat bittasi(“Kesishgan yo‘llar”) chop etilgan edi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?