Rekord yangilanishda davom etadi! Ravshan Ermatov JCH-2018ning yana bir o‘yiniga tayinlandi

11:35 24 Iyun 2018 Sport
817 0

O‘zbekistonlik hakam Ravshan Ermatov JCH-2018 guruh bosqichi 3-turidan o‘rin olgan Ispaniya – Marokash o‘yinini boshqaradi. Bu haqda FIFA rasmiy saytida xabar berilgan.

Bu Ermatov uchun jahon chempionatlaridagi 11-o‘yin bo‘lib, hamyurtimiz bu borada o‘ziga tegishli bo‘lgan dunyo rekordini yana uzaytiradi. Ermatovga doimgidek qanotlarda Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidov yordam berishadi.

Ispaniya va Marokash terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvi 25 iyun kuni Kaliningrad shahrida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 23:00da boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, Ravshan Ermatov faoliyatidagi uchinchi jahon chempionatida ishtirok etmoqda. U Janubiy Afrikada o‘tkazilgan JCH-2010 va Braziliyada o‘tkazilgan JCH-2014 musobaqalarida ishtirok etib, jami 9ta o‘yinni boshqargan va dunyo rekordini o‘rnatgan. 2018 yilgi mundialda esa 2-turdan o‘rin olgan Argentina va Xorvatiya o‘yinini boshqarib o‘z rekordini yangilagandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?